Foydali qazilmalarni qazish chog'ida yer qa'rini muhofaza qilish qoidalari to'g'risida uslubiy qo'llanma

Kirish

“Oʻzbekiston Respublikasining Yer qaʼri toʻgʻrisida”gi Qonuni

O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi 92son “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil  4-dekabrdagi 983-sonli “Yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi boshqaruv va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori

Kirish

So‘nggi yillarda mamlakatimizda yer qaʼridan oqilona va xavfsiz foydalanish, foydali qazilmalarni qazib olish jarayonida ekologik talablar va sanoat xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Konchilik korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, yer qaʼri va atrof-muhitga zarar yetkazishni minimallashtirish, konlarning uzoq muddatli barqaror ishlashini ta’minlaydigan me’yoriy-huquqiy va tashkiliy mexanizmlarni takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yer qaʼrini muhofaza qilish bo‘yicha yagona yondashuvlarni joriy etish, ishlab chiqarish intizomini kuchaytirish hamda nazorat tizimini samarali yo‘lga qo‘yish bugungi kunda dolzarb vazifa sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur uslubiy qo‘llanma foydali qazilmalarni qazish chog‘ida yer qaʼrini muhofaza qilishning yagona qoidalarini amaliyotga tatbiq etish tartibini huquqiy va tashkiliy jihatdan izohlab beradi. Qo‘llanmada konchilik subyektlarining yer qaʼrini muhofaza qilish borasidagi majburiyatlari, qazib olish ishlarini loyihalash va olib borish jarayonida bajarilishi lozim bo‘lgan ekologik va texnika xavfsizligi talablari, monitoring va hisobot yuritish tartibi, rekultivatsiya va konni tugatish bo‘yicha chora-tadbirlar batafsil bayon etiladi. 

Umumiy qoidalar

   Umumiy qoidalar 

Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydali qazilmalar konlarini qazish, foydali qazilmalarni qazish korxonalarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, tugatish va konservatsiya qilishni amal ga oshiruvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.

Foydali qazilmalar konlarini qazishga “Yer qaʼri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablari bajarilgan va quyidagilar mavjud boʻlgan hollarda yoʻl qoʻyiladi:

foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qaʼridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnoma;

belgilangan tartibda tasdiqlangan foydali qazilmalar zaxiralari hisoblab chiqilgan hisobot;

qidirib topilgan konni sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirish uchun qabul qilish-berish dalolatnomasi;

yangi korxonalar qurish yoki ishlab turganlarini kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash hamda konni ishlatishga davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazilgan tasdiqlangan loyiha;

kon ajratilganligini tasdiqlovchi dalolatnoma;

yer uchastkasi ajratilganligini tasdiqlovchi hujjat;

davlat komissiyasining korxonani qabul qilish yoki uning bir qismini foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomasi;

kon ishlarini rivojlantirish rejasi;

qidirib topilayotgan quduqlarning kerni va keyingi geologik oʻrganishlar hamda konni qazish uchun zarur namunalarning dublikatlari.

Bilib oling!

Foydali qazilmalar qazib olish uchun yer qaʼri kon ajratmasi ajratish dalolatnomasini tasdiqlovchi ruxsatnoma va dalolatnomaga asosan foydalanishga beriladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

 

Foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxonalarni loyihalashtirish, qurish va foydalanishga topshirishga qo‘yiladigan asosiy talablar

Foydali qazilmalarni qazib olish va mineral xom ashyoni qayta ishlash korxonalarini loyihalashtirish tasdiqlangan zaxiralar va moʻljallanayotgan qurilish uchastkasida texnika xavfsizligi va hududning ekologik holatini hisobga olib yer qaʼrining oʻrganilishi asosida amalga oshiriladi. 

 

KORXONA JOYLASHADIGAN JOY— foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxona qurilishi uchun maydon Oʻzbekiston Respublikasi yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, yer, suv toʻgʻrisidagi qonunlarga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq, shuningdek, qurilish boʻyicha yoʻriqnomalar talablariga mu vofiq tanlanadi.

Foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxonalar joylashadigan joylar loyihalash ishlari boshlangunga qadar mahalliy hokimiyat organlari, konchilik munosabatlari sohasidagi maxsus vakolatli boshqaruv organlari, boshqa manfaatdor organlar bilan kelishiladi.

 

 

LOYIHALASH TASHKILOTI — bosh loyihachi, zarur hollarda maxsus loyihalash va qidiruv tashkilotlarini jalb etib buyurtmachining topshirigʻiga binoan asoslovchi hisob-kitoblar, foydali qazilmalarni qazib olish korxonasini qurish uchun tanlangan turli maydonlarda joylashtirishning texnik-iqtisodiy qiyoslash variantlarini amalga oshiradi va oqilona variant boʻyicha taklif tayyorlaydi. Bu materiallar va takliflar hajmi hamda tarkibi obyektlarning murakkabligi bilan belgilanadi va konlardan, qazib olinadigan foydali qazilmalardan oqilona, kompleks foydalanish va yer qaʼrini muhofaza qilish boʻyicha moʻljallanayotgan qarorlarning samaradorligi toʻgʻrisida xulosalar tayyorlash uchun yetarli boʻlishi lozim.

 

Asoslovchi hisob-kitoblar, foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxonalarni joylashtirish variantlarini texnikiqtisodiy qiyoslash va oqilona variant boʻyicha takliflar bilan birgalikda materiallarni loyihalash tashkiloti — bosh loyihachi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Inspeksiya va Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasiga xulosa berish uchun joʻnatadi, ularning vakillari korxona qurilishi uchun maydoncha tanlashda ishtirok etishlari kerak.

Foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxona qurilishi uchun maydon tanlash uchun buyurtmachi tomonidan belgilangan tartibda komissiya tuziladi, unda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi va Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi vakillari albatta ishtirok etishlari zarur.

Foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxona qurilishi uchun maydon tanlash toʻgʻrisidagi (komissiyaning barcha aʼzolari imzolangan) dalolatnoma belgilangan tartibda tasdiqlanadi va u foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxona joylashadigan joy kelishilganligi toʻgʻrisidagi hujjat hisoblanadi. Foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxona qurilishi uchun maydon tanlangan taqdirda buyurtmachi loyihani ishlab chiqish boshlanguniga qadar belgilangan tartibda foydali qazilmalar joylashgan joylarda imorat qurishga ruxsatnomani rasmiylashtirishi lozim.

Korxona loyihasi, shu jumladan, konni tajriba-sanoat yoʻli bilan qazish loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, loyihalash va qurish boʻyicha amaldagi normativ hujjatlar, xavfsizlik va texnik foydalanishning tarmoq normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi kerak. Korxona loyihasi va konni tajriba-sanoat yoʻli bilan qazish loyihasi yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan ishlab chiqiladi va “Litsenziya” axborot tizimi orqali Inspeksiyaga va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo’mitasiga kelishish uchun taqdim etiladi.

Korxona loyihasi va konni tajriba-sanoat yoʻli bilan qazish loyihasi yer qaʼrining muhofaza qilinishini taʼminlash qismi boʻyicha — 

Inspeksiya bilan va sanoat xavfsizligini taʼminlash qismi boʻyicha —

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo’mitasi bilan kelishiladi.

Qo’mita va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo’mitasi taqdim etilgan materiallarni bir vaqtning oʻzida 10 kun muddatda koʻrib chiqadi va korxona loyihasi va konni tajriba-sanoat yoʻli bilan qazish loyihasini oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlab, “Litsenziya” axborot tizimi orqali yuboradi.

Qurilishi (rekonstruksiya qilinishi, kengaytirilishi) tasdiqlangan loyihaga muvofiq tugallangan va foydalanishga tayyorlangan korxonalar buyurtmachi tomonidan davlat qabul komissiyalariga qabul qilish uchun tavsiya etilishi kerak.

Davlat qabul komissiyalarining tarkibi, ularni tayinlash va ish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.

Qurilishi tugallangan obyektlarni davlat qabul komissiyalari tomonidan foydalanishga qabul qilish dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi.

Loyiha qarorlarining qaziladigan kon va qazib olinadigan foydali qazilmalardan oqilona, kompleks foydalanishni, yer qaʼri hamda atrof tabiiy muhit muhofaza qilinishini taʼminlash qismidagi asosiy maʼlumotlar davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtishi lozim boʻlgan loyihaning tarkibidagi maxsus “Yer osti boyliklari va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish” boʻlimida aks ettirilishi zarur.

Kon ishlarini geologik va marksheyderlik jihatidan ta’minlash va zaxiralarni hisobga olish

Kon ishlarini geologik va  marksheyderlik jihatidan ta’minlash va zaxiralarni hisobga olish

Foydali qazilmalar konlarini qazishni, foydali qazilmalar qazish korxonalarini loyihalash va qurishni amalga oshiruvchi vazirliklar, idoralar, korxonalar va boshqa yer qaʼridan foydalanuvchilar geologik va marksheyderlik xizmatlariga ega boʻlishlari kerak.

Foydali qazilmalarni qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun qazuvchi korxonalarda, agar ushbu korxonada geologiya-marksheyderlik xizmatlari mavjud boʻlmasa, geologiya-marksheyderlik yuqori idora tomonidan markazlashtirilgan tartibda amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.

Ushbu xizmatlarning tuzilmasi, vazifalari, majburiyatlari va huquqlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadigan idoraviy geologik xizmat toʻgʻrisidagi namunaviy nizom, shuningdek, Inspeksiya bilan kelishgan holda vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlangan koʻrsatib oʻtilgan xizmatlar toʻgʻrisida tarmoq nizomlari bilan belgilanadi. Korxonalar zarur hollarda qaziladigan konlarning mineral xom ashyo negizini mustahkamlash va oʻrganilgan zaxiralarning ishonchliligini oshirish maqsadida dastlabki qidiruvni va ekspluatatsiya qidiruvini amalga oshirishlari lozim.

KORXONALAR:

konlarning murakkab uchastkalarida qayta ishlashning kon-geologiya sharoitlarini oʻrganish maqsadida geologiya ishlarini amalga oshirishlari;

foydali qazilmalar konlaridan yanada toʻlaroq va kompleks foydalanish, kon ishlarini samarali va xavfsiz amalga oshirish, yer qaʼrini, binolar, inshootlar va tabiat obyektlarini kon qazish ishlarining zararli taʼsiridan muhofaza qilishni taʼminlash maqsadida marksheyderlik ishlarini bajarishlari;

belgilangan geologiya va marksheyderlik hujjatlarini yuritishlari;

foydali qazilmalar zaxiralarining holati va harakati, nobud boʻlganligi va sifatsizlanishini hisobga olishi, shuningdek, yoʻl-yoʻlakay qazib olinadigan, vaqtincha foydalanilmaydigan foydali qazilmalar va foydali komponentlar bor boʻlgan ishlab chiqarish chiqitlarining hisobga olinishini taʼminlashlari zarur.

Qazilayotgan kon doirasidagi geologiya ishlari tasdiqlangan loyiha, tarmoq normativ hujjatlari va koʻrsatmalariga muvofiq, shuningdek, DKZ hamda koʻrsatmalari va ishlarni xavfsiz olib borishga oid qoidalar talablariga rioya qilingan holda olib boriladi.

Rejalashtirish va foydalanish maqsadida qidirish Inspeksiya bilan kelishilgan kon ishlarining yillik rejalari boʻyicha amalga oshiriladi.

Konlarni yoki ularning ayrim uchastkalarini dastlabki qidirishda va foydalanish maqsadida oʻrganish korxona yoki korxona tomonidan berilgan geologik topshiriq boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

Konlarning yetarlicha puxta oʻrganilmagan qismlarini, (yonboshlar, chuqur gorizontlar, alohida uchastkalar) puxta oʻrganib chiqish bosqichma-bosqich, korxonalar loyihalari hamda kon ishlarini rivojlantirish rejalari bilan bogʻliq holda amalga oshirilishi kerak.

Kon ishlarini rivojlantirishni rejalashtirish va loyihalashtirish

Kon ishlarini rivojlantirishning istiqbolli rejalari quyidagilarni nazarda tutishi lozim:

- konni puxta oʻrganib chiqish va foydalanish maqsadida qidirish;

- konni yoki uning bir qismini qazishning qazish chogʻida yer qaʼridan foydali qazilmalarni maqbul darajada ajratib olishni taʼminlovchi va boy uchastkalarni tanlab qazishni, konning sanoat ahamiyatini pasaytirishni va uni qazish sharoitlarini qiyinlashtirishni istisno etuvchi rejaliligi;

- qoʻllanilayotganlarni takomillashtirish va qazishning yangi istiqbolli yoʻllari va tizimlarini, shuningdek, yer qaʼridan foydali qazilmalarni ajratib olish darajasini oshirish, mehnat xavfsizligini, binolar, inshootlar va atrof tabiiy muhitni kon ishlarining zararli taʼsiridan muhofaza qilishni yaxshilash maqsadida qazib olishning yangi texnologiyalarini joriy etish;

- ochilgan, tayyorlangan va qazishga tayyor boʻlgan zaxiralarni korxonaga belgilangan topshiriqlar (normativlar)ga muvofiq toʻldirish

- balansdan tashqari va foydali qazilmalarning ilgari konservatsiya qilingan balansdagi zaxiralarini saqlash yoki ularni ishlatishga qoʻshish;

- ochilgan va aralash jinslardan foydalanish;

- texnika xavfsizligi, konni yoki uning bir qismini foydali qazilmalar sifatini va konning sanoat ahamiyatini tushiruvchi yoki uni qazishni qiyinlashtiruvchi suv toshib ketishi, suv oʻtishi, yongʻinlar va boshqa omillardan muhofaza qilish choralari;boʻshliqlarni toʻldirish tartibi va muddatlari;

- tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilishi zarur.

Tayyorlash va tozalash ishlarini ishlab chiqish tizimlari, texnologik sxemalari va qazilgan makonni boshqarish yo‘llari, qabul qilinadigan kon ishlarini rivojlantirish rejalarida shuningdek quyidagilar ta‘minlanishi lozim:

- jismlardan foydali qazilmalarni minimal konditsion quvvatlar va cheklangan sifat bilan ajratib olish;

- qazib olish chogʻida nurash, oksidlanish, oʻzidan oʻzi yonish va shu kabilar natijasida foydali qazilmalar sifati pasayishining oldini olish;

- vaqtincha konservatsiya qilinadigan zaxiralarni muhofaza qilish;

- turli maqsadlardagi seliklarda nobudgarchiliklarni istisno qilish yoki kamaytirish.

Bilib oling!

Konni yer osti usulida qazishda tayyorlov qazilmalar joylashishi va yoʻnalishi zaxiralarni eng koʻp ajratib olish va kon qazilmalarini samarali saqlab turish hisobga olingan holda rejalashtiriladi. Kon qazilmalarining foydali qazilma jismlari konturidan tashqarida joylashishi varianti albatta koʻrib chiqiladi.

Foydali qazilmalarning nobudgarchiligi va sifati pasayishi normativlari kon ishlarini rivojlantirishning yillik rejalarida hisoblab chiqiladi va qazilma birliklarning barcha asosiy va qazish uchun loyihada nazarda tutilgan ular bilan joylashgan foydali qazilmalari boʻyicha kon-geologiya sharoitlarini aniq hisobga olgan holda koʻrib chiqiladi va belgilanadi.

Murakkab kon-geologik sharoitlardagi konlarni qazishga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar

 Murakkab kon-geologik va boshqa tabiiy sharoitlardagi konlarga quyidagi konlar kiradi:

- gaz, qoʻqqisdan otilish va togʻ zarblari boʻyicha xavfli boʻlgan konlar;

- oʻz-oʻzidan yonishga moyil foydali qazilmalar;

- suvda oson eriydigan foydali qazilmalar;

- sochmalar;

- qimmatbaho, yarim qimmatbaho, zebu-ziynat tayyorlanadigan toshlar va pyezo-optika xom ashyosi;

- havzalar tubida, hovuzlar hamda suv oqimlari tagida, oʻpirilishlar, koʻchki, sel, karst xavfi boʻlgan va yuqori seysmik holatdagi zonalarda joylashgan konlar;

- katta chuqurliklarda, oʻz-oʻzidan oʻpirilishga moyil boʻlgan jinslarda, shuningdek, tarkibida tez maʼdanlashadigan suv boʻlgan jinslarda joylashgan konlar.

ESLAB QOLING!

Koʻplab suv bosgan, quyuq oqova hamda karst boʻshliqlari mavjud boʻlgan foydali qazilmalar konlarida suvli gorizont va suv bosgan jinslarning toʻsatdan suv toshishiga hamda foydali qazilmalarning asossiz nobudgarchiligiga olib keluvchi surilishlarga sabab boʻluvchi kon ishlari texnologiyasini qoʻllash taqiqlanadi.

Oʻz-oʻzidan yonishga moyil foydali qazilma va jinslar konlarini qazish Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan maxsus yoʻriqnomalarga muvofiq amalga oshirilishi zarur.

Maydalangan foydali qazilma uzoq vaqt tozalangan boʻshliqda qoldiriladigan qazish tizimini qoʻllash, shuningdek, maydalangan qazilmalarni qazilgan boʻshliqda qoldirish taqiqlanadi.

Yer osti usulida qazib olinadigan suvda tez eriydigan foydali qazilmalar konlarida kon qazilmalariga suv oʻtib ketishini bartaraf etuvchi tadbirlar amalga oshirilishi lozim. Bunday foydali qazilmalarni shaxta usulida qaziladigan konlar maydonida yer osti usulida tanlab eritmaga oʻtkazish usulida qazib olish taqiqlanadi.

Kon ishlari jarayonida xalq xoʻjaligi yoki ilmiy qiymatga ega boʻlgan qimmatbaho, yarim qimmatbaho va zebu-ziynat yasaladigan toshlar, optik va pyezo elektrik kristallar, muzey va kolleksiya namunalari, druzlar yoki boshqa tabiat mahsulotlari namoyon boʻlgan taqdirda korxona rahbariyati ularni saqlash va keyinchalik qazib olinishi uchun sharoitlar yaratish uchun javob beradi.

YAKUNLOVCHI QOIDALAR

Qonunchilik talablarini buzganlar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.