Foydalanuvchilarga

Sharh.lex.uz — qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati, ularni amaliyotda qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari va mexanizmlari ochib berilgan ilmiy-amaliy sharhlar jamlangan platforma bo‘lib, jismoniy shaxslar hamda yuridik shaxslarning vakillari foydalanishlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot Markazi (keyingi o‘rinlarda - Platforma yurituvchisi) tomonidan yuritiladi. Platformadan internet tarmog‘iga ulangan holda foydalanish mumkin.

Mazkur platforma foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan sharhlarni olishlari va foydalanishlari mumkin.

Platforma orqali taqdim etilayotgan sharhlar tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lib, ular biror bir shaxs uchun huquq va majburiyatlar keltirib chiqarmaydi. Platforma orqali berilayotgan tushuntirishlar jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy xarakterga ega emas.

Platformada berilgan sharhlar Platforma yurituvchisining nuqtayi nazarini ifodalamaydi. Platforma yurituvchisi platformadan foydalanuvchilar oldida huquqiy, moddiy yoki boshqa turdagi mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmaydi.