Loyiha haqida

                                “Sharh.lex.uz” platformasi haqida

Sharh.lex.uz — qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati, ularni amaliyotda qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari va mexanizmlari ochib berilgan ilmiy-amaliy sharhlar jamlangan tizim hisoblanadi.

Tizim Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi (keyingi o‘rinlarda - Tizim yurituvchisi) tomonidan yuritiladi. Tizimdan internet tarmog‘iga ulangan holda foydalanish mumkin.

Mazkur tizim foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushintirishga qaratilgan sharhlarni olishlariga ixtisoslashgan bo‘lib, jismoniy shaxslar hamda yuridik shaxslarning vakillari foydalanishlari uchun mo‘ljallangan.

Tizimning maqsadi — huquqshunoslar, davlat organlari xodimlari, tadqiqotchilar va keng jamoatchilik uchun qonunchilik hujjatlarining normalarini to‘g‘ri tushunish, ularni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llashda yordam beradi.

Tizim orqali taqdim etilayotgan sharhlar tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lib, ular biror bir shaxs uchun huquq va majburiyatlar keltirib chiqarmaydi. Tizim orqali berilayotgan tushuntirishlar jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy xarakterga ega emas.

Tizimda berilgan sharhlar Tizim yurituvchisining nuqtai nazarini ifodalamaydi. Tizim yurituvchisi tizimdan foydalanuvchilar oldida huquqiy, moddiy yoki boshqa turdagi masʼuliyatni o‘z zimmasiga olmaydi.