Doping nazorati bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun
“Sportda dopingga qarshi kurash to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani (Parij, 2005-yil 19-oktyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–149-son qarori
Kirish
O‘z navbatida, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida 2026-yilda Aichi perfekturasining Nagoya shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XX yozgi Osiyo va V Paraosiyo o‘yinlariga hamda 2028-yilda Los-Anjeles shahrida (AQSH) bo‘lib o‘tadiganyozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilari tayyorgarligini tashkil etish maqsadi qo‘yilganligi bejiz emas.
Bu maqsadlarga erishishda sport tashkilotlari xodimlari, sportchilar va boshqa aloqador shaxslarning dopingga qarshi kurash borasidagi malakasini oshirish, shu jumladan, doping nazoratidan o‘tish tartibini sodda va oson tarzda tushuntirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Doping nazorati bo‘yicha uslubiy qo‘llanmadoping tushunchasi, dopingni aniqlash usullari, nazorat subyektlari, doping test topshirishda sportchining huquqlari, jahon, Osiyo, milliy yoki mintaqaviy rekordchilarni testdan o‘tkazish, doping nazoratini amalga oshirishda sportchidan namuna olish kabi masalalarni qamrab oladi.
Doping– musobaqa muvaffaqiyatlarini va sport natijalarini oshirish maqsadida organizmga yod moddalarni odatdan yuqori miqdorda va turli yoʻl bilan sunʼiy va nohaq ravishda sportchi organizmga yuborilgan modda.
Inson organizmining faoliyatini sunʼiy qoʻzgʻatuvchi vositalar doping modda yoki uslubihisoblanadi.
Doping nima?
Doping inglizcha “dope” soʻzidan olingan boʻlib, qoʻzgʻatuvchi giyoh” degan maʼnoni bildiradi.
Dopingning inson organizmiga koʻrsatadigan taʼsirlari nimalarda aks etadi?
tizimlar faoliyatini tejamsiz sarflash;
turli patologik holatlarni vujudga keltirish;
yuklamalardan keyingi taʼsirni kuchaytirish;
tizimlar faoliyatini sunʼiy qoʻzgʻatish;
jismoniy oʻta zoʻriqish.
Qisqa muddatga tizimlar faoliyati oshib, soʻng keskin susayishi va jismoniy ishchanlikning pasayishi doping vositasi taʼsirining xususiyati hisoblanadi.
Sportda qoʻllanilishi taʼqiqlangan modda va uslublar roʻyxatida 9 turdagi moddalar va 3 uslubdagi guruhlar mavjud.
Dopingni aniqlash usullari, nazorat subyektlari va choralar
Inson tanasida mavjud boʻlgan taqiqlangan moddalar yaʼni dopingni aniqlashda asosan qonning kimyoviytahlilidan foydalaniladi.
Doping nazorati musobaqa davrida asosan kimlarda o‘tkaziladi?
Doping-nazorati musobaqa jarayonida va musobaqadan tashqari davrda asosan I, II, III oʻrinsovrindorlarida amalga oshiriladi.
Doping aniqlangan taqdirda qanday choralar qo‘llaniladi?
Doping birinchi marta aniqlangan taqdirda sportchiga nisbatan 4 yilgacha muddatga musobaqalardan chetlatish (diskvalifikatsiya) chorasi qoʻllaniladi.
Bu muhim! Doping taʼsirida sportchi organizmining yurak-qon tomir, asab va endokrin tizimi koʻproq zararlanadi.
Taqiqlangan modda yoki taqiqlangan usuldan foydalanishi yoki foydalanishga urinishida qanday holatlar inobatga olinmaydi?
Taqiqlangan moddalarni istemol qilmaslik va taqiqlangan usuldan foydalanmaslik sportchilarning majburiyati hisoblanadi. Shunga ko‘ra, taqiqlangan modda yoki taqiqlangan usuldan foydalanganlik uchun antidoping qoidabuzarliklarini aniqlashda, sportchining haqiqiy niyati, aybdorligi, beparvoligi, yoki qasddan foydalangani inobatga olinmaydi.
Doping test topshirishda sportchining huquqlari
Doping test topshirishda sportchining huquqlari
sportchining vakili qatnashishi va zaruriyat bo‘lganda tarjimon qatnashishi;
doping-nazorat uchun namuna olish tartibiga taalluqli qo‘shimcha axborot olish;
doping-nazorat ofitseri roziligi bilan uzrli sababga ko‘ra doping-nazorat joyiga yetib kelish vaqtini kechiktirishni so‘rash; (Bunda doimo doping nazorat xizmati xodimining kuzatuvi ostida bo‘ladi)
imkoniyatlari cheklangan sportchilar uchun namuna olish tartibini o‘zgartirish.
Doping test topshirishda sportchining majburiyatlari
doping-nazorat jarayonida doping ofitserining kuzatuvi ostida bo‘lish;
sportchi shaxsini tasdiqlovchi tegishli hujjatnitaqdim qilishi;
doping sinama topshirish uchun doping-nazorat joyiga darhol yetib kelish.
Doping nazorati uchun namuna topshirmaslik yoki namuna topshirishni rad etish
Sportchi tomonidan doping nazorati uchun namuna topshirmaslik yoki namuna topshirishni rad etish "namuna topshirishdan qochish"ga aloqador antidoping qoidabuzarligi hisoblanadi.
Bu muhim! "Namuna topshirish jarayonida qatnashmaslik" sportchining qasddanva (yoki) beparvolik harakatlari bilan bog‘liq qoidabuzarlikka asoslanishi mumkin.
Doping nazorati paytidagi alohida qoidalar
Tarjimondan foydalanish
Zaruratga ko‘ra, UzNADA Antidoping dasturi uchun O’zbekiston va boshqa davlatlardan ko’p tillarda muloqot qila oladigan tajribali doping nazorati xodimlari (DCO) jalb qilinadi.
Sportchilar o'z tarjimonlarini ham taklif qilishlari mumkin. Biroq:
har bir sportchiga faqat bitta tarjimon doping nazorati punktlariga kirish huquqiga ega bo’ladi;
tarjimonga butun doping nazorati jarayonida ishtirok etishga ruxsat beriladi, sportchining tahlil namunasini taqdim etishiga guvoh bo'lish bundan mustasno.
Doping nazoratidan o‘tadigan sportchilarga oziq-ovqat va ichimliklar berish
Doping nazorati punktlarida sportchilarga muhrlangan suv va turli xil alkogolsizichimliklartaqdim etiladi.
Sportchilar mavjud ichimliklardan birini tanlashlari mumkin va iste'mol qilishdan oldin barcha ichimliklarning asl muhrlari buzilmaganligiga ishonch hosil qilishlari kerak.
Sportchilar ichimliklarni qarovsiz qoldirmasliklari kerak.
Bu muhim!Doping nazorati punktlarida ovqat berilmaydi.
Sportchilar stansiyalarga oziq-ovqatlarini o'zlari olib kelishlari yoki xodimlari tomonidan ovqat yetkazib berilishi mumkin. Bunday hollarda, oziq-ovqat iste'moli bilan bog'liq har qanday xavf uchun javobgarlik sportchi zimmasiga yuklanadi.
Bu muhim! Texnologik xonada oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish taqiqlanadi.
Sportchi tomonidan o‘zining joylashuvi haqida ma’lumot berib borish
Sportchilar ADAMS tizimi orqalio‘zlarining joylashuv manzillari haqidagi maʼlumotlar taqdim etib borishi shart.
Jahon, osiyo, milliy yoki mintaqaviy rekordchilarni testdan o‘tkazish
Jahon yoki Osiyo rekordchilarini testdan o'tkazish
ITA (International Testing Agency (ITA) – Dopingga qarshi xalqaro test agentligi) jahon va (yoki) Osiyo rekordlarini tasdiqlash uchun doping testlarinio’tkazadi.
Biroq, Osiyo o’yinlari rekordlarini sinab ko’rish shart emas.
Ma’lumot uchun. ITA Lozannada joylashgan bo’lib, notijorat fond sifatida faoliyat yuritadi. Uning missiyasi xalqaro federatsiyalar, yirik musobaqa tashkilotchilari va yordam so'ragan barcha boshqa dopingga qarshi tashkilotlar uchun sport yoki siyosiy hokimiyatdan mustaqil ravishda dopingga qarshi dasturlarni boshqarishdir.
Jahon va (yoki) Osiyo rekordini yangilagan sportchiga ularning chiqishidan keyin xabar beriladi.
Agar yangi rekordini o’rnatgan sportchi o’z chiqishidan so’ng darhol xabardor qilinmasa, u doping-nazorat stansiyasiga tashrif buyurishi va antidoping xodimlariga sportchi rekordni yangilagani haqida xabar berishi kerak.
Milliy/mintaqaviy rekordchilarni testdan o'tkazish
Test uchun so’rovlar va to’lovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Milliy/mintaqaviy rekordlarni ratifikatsiya qilishni ta'minlash uchun Milliy olimpiya qo‘mitasi testni talab qilishi mumkin.
Bunday tekshirish bilan bog'liq xarajatlar so'rov yuborgan taraf tomondan qoplanadi.
Eslatma! Doping namunalari laboratoriyaga faqat to’lov kvitansiyasi qabul qilinganidan keyin yetkaziladi.
Doping nazorati kimlar tomonidan amalga oshiriladi?
Musobaqa va Musobaqadan tashqari olinadigan testlar
Testing Autothority
Test organi
ITA, IF, UzNADA
Samle Collection
Autothority
Organ tomonidan namunalar yig'ish
O’zbekiston Milliy antidoping agentligi UzNADA
Samle Analyzing Laboratory
Namunalarni tahlil qilish laboratoriyasi
Avstriya va Turkiya antidoping laboratoriyalari
Result Management
Autothority
Natijalarni boshqarish vakolati
ITA, IF UzNADA
Izoh: ITA (International Testing Agency – Xalqaro sinov agentligi (doping nazoratida).
Antidoping qoidalari ta’siriga tushadigan dori-darmonlarni qabul qilish
Antidoping qoidalari ta’siriga tushadigan dori-darmonlarni qabul qilish yoki tibbiy protseduralardan o'tish qanday tartibda amalga oshiriladi?
Sportchilarda dori-darmonlarni qabul qilish yoki tibbiy protseduralardan o'tishni talab qiladigan kasalliklaryoki holatlarbo‘lsa va uni davolashda qoʻllashi kerak boʻlgan dori yoki usul WADA Taqiqlangan dori yoki usullar roʻyxatiga kiritilgan taqdirda TUE(Therapeutic Use Exemption – tibbiy zarurat asosida ruxsatnoma)asosida sportchiga antidoping qoidalarining buzilishi (ADRV) va amaldagi sanksiyalarni qo’llamasdan musobaqada ishtirok etishga ruxsat beriladi.
Eslab qoling! TUE arizalari bir guruh shifokorlar tomonidan baholanadi.
TUE uchun kimga va qachon murojaat qilishi kerak?
Ma’lumot uchun. IF/AF antidoping rasmiysi xalqaro yoki milliy sport federatsiyasining vakili, u antidoping qoidalariga amal qilinishini bevosita kuzatadi, koordinatsiya qiladi va huquqiy jihatdan javobgar hisoblanadi.
IF – International Federation — Xalqaro federatsiya;
AF – Anti-doping Functionary yoki Anti-doping Federation (ba’zi hollarda "Athletics Federation") — Antidoping rasmiysi yoki atletika federatsiyasi.
Doping nazorati bo‘yicha sportchini xabardor qilish qanday tartibda amalga oshiriladi?
Xabar berish jarayoni oldindan ogohlantirmasdan amalga oshirilishi kerak.
Agar Xalqaro Testlar va Tekshiruvlar Standartida (ISTI) boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, sportchi namuna olish uchun tanlanganligi to’g’risida xabardor qilingan birinchi shaxs bo’lishi kerak.
Xabar berish jarayoni oldindan ogohlantirmasdan va Dopingga qarshi aqlli boshqaruv tizimi (AIMS) orqali amalga oshirilishi kerak.
Xabar berish jarayoni
Vasiy yoki DCO (doping nazorati xodimi) sportchiga o‘zini tanishtiradi va shaxsini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartasini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, sportchi doping nazorati uchun tanlangani va undan qaysi turdagi namuna (qona yoki boshqalar) olinishi haqida ma’lumot beradi.
Sportchi ham o‘z navbatida shaxsini tasdiqlash uchun o‘zining akkreditatsiya kartasini ko‘rsatishi shart.
Vasiy yoki DCO bu kartani vaqtincha o‘zida saqlab turadi va sportchiga DCS Pass, ya’ni doping-nazorat xonasiga (Doping Control Station) kirish uchun maxsus yo‘llanmani beradi.
Vasiy yoki DCO sportchiga uning huquqlari va majburiyatlari haqida tushuntirish beradi.
Shundan so‘ng, sportchi qog‘ozda yoki elektron shaklda imzo qo‘yadi, ya’ni bu jarayonga roziligini tasdiqlaydi.
Agar sportchining vakili (masalan, murabbiy yoki otaonasi) xabar berilgan paytda yonida bo‘lmasa va DCS Pass ola olmasa, u keyinroq doping xonasiga (DCS) kelib, kirish uchun o‘zini tanishtirishi kerak bo‘ladi.
DCO (nazoratchi) vakilning avval u yerda bo‘lmaganini va hozir kelishini sportchi bilan birga tasdiqlab, unga DCSga kirish va sportchiga namuna topshirishda yordam berish uchun maxsus ruxsatnoma (DCS Pass) beradi.
Agar sportchi namuna topshirishdan oldin ovqat yemoqchi yoki suyuqlik ichmoqchi bo‘lsa, bunga o‘zi javobgar bo‘ladi. Bunday qarorni o‘zi qabul qiladi va xavfni ham o‘zi zimmasiga oladi.
Tahlil uchun namuna juda suyultirib yuborilmasligi uchun sportchi ortiqcha suyuqlik ichmaslikka harakat qilishi kerak.
Sportchi doping nazorati haqida ogohlantirilgandan so‘ng imkon qadar tezroq birinchi tahlil namunasini topshirishi lozim.
Doping nazoratini amalga oshirishda sportchidan namuna olish
Namuna olish bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar elektron yoki qog‘oz shaklida yozib olinadi. Namuna qon va boshqa namunalar birgalikda bo‘lishi mumkin.
Namuna olish tartibi
Namuna sportchining shaxsiy hayoti va xavfsizligi ta’minlangan joyda, sportchi bilan bir jinsdagi xodim nazorati ostida olinishi kerak.
Agar sportchi voyaga yetmagan bo‘lsa va o‘zi talab qilmasa ham, namunani yig‘ish vaqtida uning vakili yonida bo‘lishi tavsiya etiladi.
DCO (doping nazorati xodimi) sportchiga qaysi turdagi namuna olinishi va kerakli tahlil namunasi miqdori haqida ma’lumot beradi.
Avval qaysi namunani olish bo‘yicha qat’iy tartib yo‘q.
Agar sportchi qon topshirishni kutayotgan paytda tahlil namunasini topshirishga tayyor bo‘lsa, u bemalol ushbu namunani topshirishi mumkin.
Doping nazoratini amalga oshirishda sportchiga qaysi buyumlar berilishi kerak?
Doping nazoratini amalga oshirishda qon namunalarini topshirish
Qon namunasi faqat toza va xavfsiz muhitda olinishi kerak.
Qonni faqat malakali tibbiy mutaxassis olishi shart.
Agar sportchidan biologik pasport uchun qon olinadigan bo‘lsa va u oxirgi 2 soat ichida mashg‘ulot qilgan bo‘lsa, qon olishdan oldin kamida ikki soat kutish kerak bo‘ladi.
Sportchi tayyor bo‘lganda, BCO (Blood Collection Officer) unga oyoqlarini polga qo‘ygan holda, 10 daqiqa davomida tinch holatda o‘tirishni buyuradi.
Eslab qoling! Bu talab quritilgan qon dog‘i – DBS namunasi uchun qo‘llanilmaydi.
Sportchiga har doim qonni olish uchun ishlatiladigan uskunani tanlash imkoniyati beriladi va u uskunaning ishonchli mahkamlanganiga va muhrlanganiga ishonch hosil qilishi kerak.
Kerakli qon miqdori testni o‘tkazayotgan tashkilot talab qilgan tahlil turiga bog‘liq bo‘ladi.
DBS namunasi (quritilgan qon dog‘i) sportchining barmoq uchidan olinadi.
Namuna olish xodimlariga qo‘yilgan talablar
Eslab qoling! Doping nazorati stansiyasi rahbarlari (DCSM), doping nazorati xodimlari (DCO) va kuzatuvchilarnamuna yig‘ish sessiyasining natijalaridan manfaatdor bo‘lmasliklari lozim.
Faqat UzNADA tomonidan tan olingan akkreditatsiyaga ega bo‘lgan xodimlargina UzNADA nomidan namunalar yig‘ishga ruxsat olishi mumkin.
Ushbu akkreditatsiya faqat sport o‘yinlari davomida amal qiladi.
ILOVALAR
1-ilova
QISQARTMALAR RO'YXATI
2-ilova
Musobaqalar uchun doping nazorati xodimlarining asosiy tarkibiy tuzilmasi