Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to’g’risida uslubiy qo'llanma

Foydalanilgan normativ-huquqiy hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish 
tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son qarori

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori

Kirish

So‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim sohasini modernizatsiya qilish, inson kapitalini rivojlantirish va mehnat bozorining tez o‘zgarayotgan talablariga mos malakali kadrlar tayyorlash ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylandi. Shu jarayonda davlat ta’lim tizimi bilan bir qatorda nodavlat ta’lim xizmatlari ham jadal rivojlanib, fuqarolar uchun kasbiy qayta tayyorlash, til o‘rganish, IT va raqamli ko‘nikmalar, imtihonlarga tayyorgarlik, qo‘shimcha ta’lim hamda turli qisqa muddatli kurslar bo‘yicha imkoniyatlar kengaymoqda. Raqobatning kuchayishi ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgani bilan birga, ta’lim xizmatlarini tashkil etishdagi mas’uliyat, shaffoflik va qonuniylik masalalarini ham dolzarb qilmoqda.

Mazkur uslubiy qo‘llanma nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash jarayonini izchil va tushunarli yoritishga qaratilgan. Qo‘llanmada litsenziya olishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichlari, talab etiladigan hujjatlarning umumiy mazmuni, ta’lim faoliyatini tashkil etishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan asosiy masalalar (tashkiliy-huquqiy rasmiylashtirish, o‘quv jarayonini yo‘lga qo‘yish, xodimlar salohiyati, moddiy-texnik baza, ichki tartib-qoidalar va huquqiy risklarni boshqarish) hamda uchraydigan xatolar va ularning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bayon etiladi.

Umumiy qoidalar

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

maktabgacha taʼlim xizmatlari (bundan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining xizmatlari mustasno);

umumiy oʻrta taʼlim xizmatlari;

oʻrta maxsus taʼlim xizmatlari;

kasbiy taʼlim xizmatlari;

oliy taʼlim xizmatlari;

oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlari.

Kimlar ariza berishi mumkin?

 

Yuridik shaxslar

Qaysi organlar litsenziyalovchi organ hisoblanadi?

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori qancha?

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

Litsenziya olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar

I. Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim xizmatlari uchun:

a) ariza;

arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli;

pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud boʻlsa), taʼlim faoliyatini amalga oshirish manzili;

bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi; 

soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);

 faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, taʼlim faoliyati yoʻnalishlari roʻyxati; 

ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi.

b) oʻquv rejasi va dasturlarining elektron nusxalari.

II. Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlari uchun:

a) ariza.

arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi;

faoliyatning litsenziyalanayotgan turi;

kadrlar tayyorlash rejalashtirilayotgan sohalar, taʼlim jarayonlari yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilayotgan yoʻnalishlar, kasblar yoki mutaxassisliklar roʻyxati (taʼlim shakllari koʻrsatilgan holda);

ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, oʻzgartirish, qayta rasmiylashtirish);

kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilayotgan taʼlim dasturlari boʻyicha qabul rejasi (toʻliq oʻqish davomiyligi koʻrsatilgan holda);

pochta manzili, elektron pochtasi, mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda);

talabgorning litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) tashkil etilayotgan taʼlim tashkilotining nomi, maqomi, boshqaruv tizimi, boshqaruv kadrlari, asosiy taʼlim va ilmiy faoliyat yoʻnalishlari, qabul parametrlari, taʼlim sifatini taʼminlash tizimi va vositalari, toʻlov-kontrakt miqdori va uning hisob-kitobi, shuningdek, taʼlim tashkilotini rivojlantirish boʻyicha besh yillik strategik rejasini oʻz ichiga olgan konsepsiya;

v) bank muassasasi tomonidan tasdiqlangan hisobvaragʻida zaxira mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

g) qabul qilinadigan talaba (oʻquvchi, izlanuvchi)lar soniga mos ravishda oʻquv binolari, talabalar turar joyi va oʻquv jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq boshqa yer, bino va inshootlarning tegishli hujjatlari (oldi-sotdi shartnomasi, koʻchmas mulk obyektiga egalik qilish hujjati yoki foydalanish uchun kamida 5 yil muddatga tuzilgan ijara (tekin foydalanish) shartnomasi, shuningdek, koʻchmas mulk obyektining kadastr pasporti, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar).

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar

Davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan mavjud binolar va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa (5 ish kuni ichida)

Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi organlari tomonidan sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa (5 ish kuni ichida)

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo`mitasining  Toshkent shahar boshqarmasi

Sogʻliqni saqlash vazirligining xulosalari (faqat ixtisoslashtirilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalashda) (5 ish kuni ichida)

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi - Vikipediya

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan obyektda shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqlarsiz muhit yaratilganligi toʻgʻrisidagi xulosa (5 ish kuni ichida)

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining xulosasi (pedagogik taʼlim yoʻnalishlarida taʼlim jarayonini tashkil etish istagidagi nodavlat oliy taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini litsenziyalashda)(5 ish kuni ichida).

Bilib oling! 

I. Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim xizmatlari uchun:

Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslarga taʼlimning har bir turi uchun alohida litsenziya beriladi. Litsenziyada faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, taʼlim faoliyati yoʻnalishlari roʻyxati va taʼlim shakllari aniq koʻrsatiladi.

II. Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlari uchun:

Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslarga taʼlimning har bir turi uchun alohida Litsenziya beriladi. Litsenziyada yuridik shaxsning nomi, tashkilotning STIR raqami, yuridik (pochta) manzili, faoliyatni amalga oshirish manzili, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, taʼlim faoliyati yoʻnalishlari roʻyxati va taʼlim shakllari, litsenziya berilgan sana va vaqti koʻrsatiladi.

 

Ilovalar

1-ilova

Maktabgacha taʼlim xizmatlari boʻyicha litsenziya talablari va shartlari (bundan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining xizmatlari mustasno)

T/rLitsenziya talablari va shartlariBajarilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar
1.Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan taʼminlanganligi:*kamida 2 ta kompyuter texnikasi hamda ekran oʻlchami kamida 40 duym boʻlgan televizor bilan jihozlangan maktabgacha taʼlimning dasturlarini amalga oshirish uchun oʻquv xonasi yoki axborot-resurs markazi;
oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarning tarbiyalanuvchilar umumiy soniga nisbati — 1/6.
2.Bitta guruhdagi tarbiyalanuvchilarning maksimal soni:*3 yoshgacha guruhda — 20 nafar; 
3-5 yoshlilar guruhida — 25 nafar; 
qisqa muddatli guruhda — 30 nafar.
3.Bitta guruh uchun kiritiladigan tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisi shtat birliklarining minimal miqdorlari:*a) tarbiyachi:
9 soatli — 1,25 shtat birligi;
10,5 soatli — 1,46 shtat birligi;
12 soatli — 1,67 shtat birligi;
24 soatli — 2,2 shtat birligi;
b) tarbiyachi yordamchisi:
9 soatli — 1 shtat birligi;
10,5 soatli — 1,15 shtat birligi;
12 soatli — 1,25 shtat birligi; 
24 soatli — 1,5 shtat birligi.
4.Maktabgacha taʼlim tashkiloti binosining sigʻimiga qoʻyiladigan minimal talablar:*devor yoki panjara bilan oʻrab olingan hududiga va alohida kirish-chiqish joyiga ega boʻlgan: 
a) alohida binolarda tashkil etilganda tarbiyalanuvchilar soni 385 nafardan oshmasligi; 
b) koʻp qavatli turar joy binosining birinchi qavatida tashkil etilganda tarbiyalanuvchilar soni: 
shahar joylarda — 75 nafargacha;
qishloq joylarda — 60 nafargacha;
individual binolarda — 150 nafargacha boʻlishi lozim.
5.Maktabgacha taʼlim tashkilotida maʼmuriyat va har bir guruh uchun talab etiladigan xonalar va har bir tarbiyalanuvchi uchun ajratiladigan maydon oʻlchami:*a) maʼmuriyat uchun: 
rahbar xonasi — 1 ta xona;
metodist xonasi — 1 ta xona;
tibbiyot xonasi — 1 ta xona;
b) mashgʻulotlar va oʻyinlar uchun:
poyabzalni almashtirish xonasi shkaflari bilan (har bir guruh uchun) — 5,0 m2; 
mashgʻulotlar va oʻyin xonasi — 3,3 m2;
yotoqxona — 3,3 m2; 
ovqatlanish joyi (har bir guruh uchun) — 18 m2;
musiqa va jismoniy tarbiya mashgʻulotlari oʻtkazish zali — 2 m2;
kutubxona — 18 m2;
v) xoʻjalik ishlari uchun:
taom tayyorlash xonasi;
taom tarqatish xonasi;
idish-tovoq yuvish xonasi;
kir yuvish va quritish xonasi;
choyshablarni saqlash joyi (shkaf);
tozalash vositalarini saqlash joyi (shkaf);
oziq-ovqat mahsulotlari saqlash omborxonasi;
maʼmuriyat, tarbiyachilar va xodimlar, har bir tarbiyalanuvchilar guruhi uchun alohida hojatxona.
6.Maktabgacha taʼlim tashkiloti binosining ichki qismida har bir tarbiyalanuvchi uchun ajratiladigan maydon oʻlchami:*umumiy tipdagi uchun — 3,3 m2; 
koʻp qavatli turar joy binosining birinchi qavati uchun — 2,8 m2.
7.Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga imtiyoz taqdim etilganligi:*jami tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam boʻlmagan miqdorda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari bepul qabul qilingan boʻlishi lozim.

2-ilova

Umumiy oʻrta taʼlim xizmatlari boʻyicha litsenziya talablari va
shartlari

T/rLitsenziya talablari va shartlariBajarilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar
1.Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan taʼminlanganligi:*kamida 30 ta kompyuter texnikasi bilan jihozlangan elektron kutubxona; 
kamida 5 ta kompyuter texnikasi, skaner va nusxa koʻchirish apparati bilan jihozlangan axborot-resurs markazi; 
taʼlim oluvchilarga har bir fandan bir donadan darsliklar, shu jumladan, elektron darsliklar.
2.Bitta sinfdagi taʼlim oluvchilarning maksimal soni:*umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida: 
1-4-sinflarda — 20 nafar; 
5-9-sinflarda — 24 nafar; 
10-11-sinflarda — 20 nafar.
3.Taʼlim oluvchilar soniga toʻgʻri keladigan oʻqituvchilar shtat birliklari:*umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida: 
1-4-sinflarda — 25 nafar taʼlim oluvchiga 1 shtat birligi; 
5-9-sinflarda — 12 nafar taʼlim oluvchiga 1 shtat birligi; 
10-11-sinflarda — 13 nafar taʼlim oluvchiga 1 shtat birligi.
4.Oʻqituvchilarning malaka toifalariga (lavozimlariga) koʻra salohiyati:*mutaxassislar (oliy maʼlumotli oʻqituvchilar) — 30%;
ikkinchi malaka toifalilar (katta oʻqituvchilar) — 30%; 
birinchi malaka toifalilar (yetakchi oʻqituvchilar) — 20%; 
oliy malaka toifalilar (bosh oʻqituvchilar) — 20%.
5.Chet tili oʻqituvchilarining chet tilini bilishi darajasi:*ingliz tilidan — C1 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 6), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari C1 va undan yuqori; 
nemis tilidan — C1 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari C1 va undan yuqori; 
fransuz tilidan — C1 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat yoki Diplôme d'Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari C1 va undan yuqori; 
yapon tilidan — C1 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari C1 va undan yuqori; 
boshqa tillardan — C1 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari C1 va undan yuqori.
6.Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining hududiga qoʻyiladigan talablar:*devor yoki panjara bilan oʻralganligi; 
koʻkalamzorlashtirilganligi;
tungi yoritgichlar oʻrnatilganligi;
ichimlik suv va kanalizatsiya bilan taʼminlanganligi;
stadion (oʻyin maydoni) va dam olish qismlarining mavjudligi.
7.Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining hududida har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchami:*40 — 630 nafar — 20 m2;
631 — 989 nafar — 15 m2;
990 nafardan ortiq — 10 m2.
8.Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotidagi xonalar hamda har bir taʼlim oluvchi yoki xodim uchun ajratiladigan maydon oʻlchami:*a) maʼmuriyat uchun:
rahbar xonasi — 1 ta xona;
oʻqituvchilar xonasi — 1 ta xona;
metodik xona — 1 ta xona;
maʼnaviyat va maʼrifat xonasi — 1 ta xona;
yoshlar yetakchisi xonasi — 1 ta xona;
psixolog xonasi — 1 ta xona;
tibbiyot xonasi — 1 ta xona;
b) dars mashgʻulotlari uchun:
barcha fanlardan umumiy tipdagi sinfxonalar — 2 m2;
boshlangʻich sinf xonalari — 2 m2;
frontal va individual mashgʻulotlar uchun sinfxonalar — 2,5 m2;
rasm, chizmachilik, musiqa fanlari uchun xonalar — 2,4 m2; 
informatika xonasi — 2,5 m2;
chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik xonasi (mulyajlar saqlash xonasi bilan) — 2,4 m2;
chet tili xonasi — 2,4 m2;
ikkiga boʻlib oʻqitiladigan fanlar uchun xona — 2,5 m2;
texnologiya xonasi — 6 m2;
kimyo, fizika, biologiya fanlaridan laboratoriya xonalari — 2,5 m2;
kutubxona — 0,6 m2;
sport zali (taʼlim oluvchilar soniga koʻra) — 9,0x18,0 m; 12,0x24,0 m; 18,0x30,0 m;
v) qoʻshimcha xizmat koʻrsatish uchun:
faollar zali;
oshxona;
tibbiyot xonasi;
xoʻjalik xonasi (har qavatda bittadan);
oʻqituvchilar uchun hojatxona — 3 m2 (har blokda alohida);
taʼlim oluvchilar uchun hojatxona — 0,4 m2 (oʻgʻil va qiz bolalarga alohida, har qavatda bittadan).
9.Axborot texnologiyalari bilan taʼminlanganlik darajasi:*kamida 50 % kompyuter texnikalari 10 mbit/sek tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanganligi; 
kamida 50 % hududda Wi-Fi zonalar tashkil etilishi.
10.Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga imtiyoz taqdim etilganligi:*jami taʼlim oluvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam boʻlmagan miqdorda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlari tanlov asosida bepul oʻqishga qabul qilingan boʻlishi (umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun).