“Kibero‘g‘rilik” va “Kiberfiribgarlik” jinoyatlarning oldini olishda fuqarolarga eslatma

Kirish

Qayd etish lozimki, bugungi kunda axborot texnologiyalari va internetdan foydalanish kundalik hayotning ajralmas qismiga aylandi. Biroq raqamli muhitning kengayishi bilan birga kibero‘g‘rilik va kiberfiribgarlik jinoyatlari ham ko‘payib bormoqda.

Fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari, bank kartalari, elektron to‘lov vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini noqonuniy egallab olish holatlari jamiyat uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Ayniqsa, internet orqali amalga oshirilayotgan firibgarlik usullaridan aholini xabardor qilish va ularning oldini olish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Shunga ko‘ra, kibero‘g‘rilik va kiberfiribgarlik jinoyatlarining oldini olish, fuqarolarning raqamli muhitdagi huquqiy ongi va axborot xavfsizligi madaniyatini oshirish muhim vazifa hisoblanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, mazkur qo‘llanma fuqarolarni kiberjinoyatlardan himoya qilish, internet va axborot texnologiyalaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berish hamda huquqni qo‘llash amaliyotida foydalanish maqsadida ishlab chiqildi.

“Kibero‘g‘rilik” va “Kiberfiribgarlik” jinoyatlarning oldini olishga oid qonunchilik hujjatlari:

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi
O‘zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonuni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori

Kiberjinoyatlar va ularning xavfi

Internet va elektron qurilmalar orqali sodir etiladigan jinoyatlar:

• bank karta ma’lumotlarini 

• parol va SMS-kodlarni

 • pul mablag‘larini

 

• aldash

• ishonchni suiiste’mol qilish 

• soxta qo‘ng‘iroq yoki saytlar

 YASHIRINCHA O‘G‘IRLASH  NOQONUNIY EGALLASH

BUNDAY JINOYATLARDA

moddiy zarar yetkaziladi;

shaxsiy ma’lumotlar oshkor bo‘ladi;

fuqaroning xavfsizligiga tahdid yuzaga keladi.

FIRIBGARLAR QANDAY GAPIRADI?

“Men bank xodimiman”

“Kartangiz bloklandi”

“SMS-kodni ayting”

“Siz sovg‘a yutib oldingiz”

“Arzon tovar, oxirgi!”

“Havolani oching”

Kibero‘g‘rilikning eng ko‘p uchraydigan turlari

Bank kartalari bilan bog‘liq kibero‘g‘rilik:

Bank kartasi rekvizitlarini noqonuniy qo‘lga kiritish orqali fuqaroning hisobidan pul mablag‘larini yechib olish.

Elektron hisoblardan ruxsatsiz foydalanish: 

Mobil bank, elektron hamyon yoki to‘lov ilovalariga noqonuniy kirib, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish.

Zararli dasturlar orqali kibero‘g‘rilik: 

Virus, shpion dastur yoki boshqa zararli ilovalar yordamida qurilmalarga kirib, ma’lumotlar yoki mablag‘larni o‘g‘irlash.

Kiberfiribgarlikning asosoiy turlari

O‘zini boshqa shaxs sifatida ko‘rsatish

Firibgarlar o‘zini bank, to‘lov tizimi, aloqa kompaniyasi yoki davlat organi xodimi deb tanishtirib, fuqarolarni ishontirishga urinadi.

Fishing havolalar

Bank yoki to‘lov tizimlariga o‘xshash soxta saytlarga olib boradigan havolalar yuboriladi.

Psixologik bosim o‘tkazish orqali aldash

Fuqarolarni shoshilinch qaror qabul qilishga majburlash, qo‘rqitish yoki tez foyda va’da qilish orqali ishontirishga uriniladi.

Kibero‘g‘rilik va kiberfiribgarlikdan himoyalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar

Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qiling! 

Pasport ma’lumotlari, bank karta raqami, parol va SMS-kodlarni hech kimga bermang!

Noma’lum havolalarni ochmang! 

SMS, messenjer yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali kelgan shubhali havolalarni bosmang.

Parollarni tez-tez yangilab turing!

 Bir xil parolni bir necha saytda ishlatmang.

Kiberjinoyat qurboni bo‘lgan holda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar

Shubhali shaxs bilan aloqani to‘xtating! Firibgar bilan qo‘ng‘iroq qilishni, yozishmalarni darhol to‘xtating. Qayta javob bermang.

Bangga murojaat qiling! Agar karta yoki hisob raqamingizga zarar yetgan bo‘lsa, bangga qo‘ng‘iroq qilib, kartani bloklating.

 

Ichki ishlar organlariga murojaat qiling! Hodisa bo‘yicha tegishli organlarga ariza bering. Barcha holatlarni tushunarli qilib yozing.

 

Kiberjinoyatlar uchun javobgarlik va huquqiy oqibatlar

Internet orqali sodir etiladigan o‘g‘rilik va firibgarliklar qonun bilan taqiqlangan jinoyatlar hisoblanadi. Bunday qilmishlarni sodir etgan shaxslar qonun oldida javob beradi.

Kiberjinoyatlarga quyidagi harakatlar kiradi:

boshqa shaxslarning bank kartasidan noqonuniy ravishda pul yechib olish;

 shaxsiy ma’lumotlarni (parol, karta ma’lumotlari, akkauntlar) qo‘lga kiritish;

internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali aldash yo‘li bilan pul yoki mulkiy manfaat olish;

 elektron akkauntlarni buzib kirish va ulardan foydalanish.

Mazkur jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qonunga muvofiq quyidagi jazo choralari qo‘llanilishi mumkin:

jarima solish;

muayyan huquqlardan mahrum qilish;

majburiy yoki axloq tuzatish ishlariga jalb etish;

belgilangan muddatga ozodlikdan mahrum qilish.