Jinoyatlarni barvaqt oldini olishda “Mahalla yettiligi” vakillarining roli

“Mahalla yettiligi”ga oid qonunchilik hujjatlari

O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi 
371-sonli Qonuni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi hukumat qarorlarini tizimlashtirish to‘g‘risida” gi 754-sonli qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahallabay ishlashga mas’ul bo‘lgan shaxslar faoliyatini va hamkorligini samarali ta’minlash hamda “Mahalla yettiligi” faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 137-sonli qarori

Kirish

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash hamda jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi ishlarni "Xalq manfaatlariga xizmat qilish" tamoyili asosida tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizm va tartiblari joriy etilib, davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari bilan o‘zaro maqsadli hamkorligi yo‘lga qo‘yildi.

Shu bilan birga, jahonda kuchayib borayotgan turli xavf-xatar va ziddiyatlar, el-yurt tinchligi va osoyishtaligiga tahdidlar, pandemiya, tabiiy va texnogen ofatlar mas’ul davlat tuzilmalariga o‘z faoliyatini "Barcha sa’y-harakatlar inson qadri uchun" degan ustuvor g‘oya asosida yanada takomillashtirish vazifasini yuklamoqda.

Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan bugungi davrda jamiyat ishlarini boshqarishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda davlat organlarining hamkorligini mustahkamlash, ularning faoliyatini yanada kuchaytirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish zarurligi talab etilmoqda.

“Mahalla yettiligi”ning tarkibiy subyektlari

“Mahalla yettiligi”:

 

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining namunaviy tuzilmasiga kiritilgan

— mahalla raisi

—  hokim yordamchisi

—  yoshlar yetakchisi

—  xotin-qizlar faoli

—  profilaktika inspektori

—  ijtimoiy xodim

—  soliq inspektori

a’zolaridan iborat bo‘lgan guruh.

 
 
 
 

Profilaktika inspektori

mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va xavfsiz muhitni ta’minlash, fuqarolarning qulay atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirishda ko‘maklashish kabi vazifalarga ega.

 

 

 

“Mahalla yettiligi”ning asosiy maqsadi va vazifalari

“Mahalla yettiligi”ning maqsadi mahallaning ichki resurslarini aniqlash hamda ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish uchun safarbar etishdan iborat.

Quyidagilar “Mahalla yettiligi”ning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Tegishli hududda qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlarining ijrosi ta’minlanishini, oilalarning iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli va ehtiyojlarini o‘rganishda fuqarolar yig‘ini kengashiga ko‘maklashish;

Jismoniy shaxslarni “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

Fuqarolarning og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish va bunday vaziyatga tushganlarni og‘ir vaziyatdan chiqarish maqsadida ijtimoiy xodim tomonidan kiritilgan xulosa asosida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan yordam berish bo‘yicha kollegial qaror qabul qilish;

Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatiga doir masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda ishtirok etish, shuningdek, ularni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlariga tegishli takliflar kiritish.

Asosiy tushunchalar

“E-ijtimoiy profilaktika” axborot tizimi:

 ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar oʻrtasida axborot almashish imkonini beradigan elektron tizim.
Ijtimoiy profilaktika tadbirlari:
huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori boʻlgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordamlar koʻrsatishda amalga oshiriladigan tadbirlar majmui.

Ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar:

mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim va soliq inspektori.

Ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar:

mehnat organi xodimi, tibbiyot xodimi, maktab direktori va maktab psixologi, inspektor-psixolog, shuningdek, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlarning murojaatiga asosan jalb etiladigan tuman (shahar) darajasidagi tegishli davlat organlari va tashkilotlari xodimlari.

Ijtimoiy profilaktika obyektlari: 

oʻziga nisbatan ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriladigan shaxslarning ijtimoiy muammolari.

Ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriladigan shaxslar:  

huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori boʻlgan shaxslar.

Ijtimoiy moslashtirish dasturi: 

ijtimoiy profilaktika obyektlariga nisbatan ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar tomonidan ijtimoiy profilaktika jarayonida amalga oshiriladigan tadbirlar.

Profilaktika inspektori tomonidan ijtimoiy profilaktika obyektlari quyidagilar asosida aniqlanadi:

aholini “xonadonbay” oʻrganish;

mahalla faollari, uyboshi va koʻchaboshilar bergan maʼlumotlar;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;

jinoyat sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning taqdimnomasi;

ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar va ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar;

ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmogʻi hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali olingan maʼlumotlar;

manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari tomonidan berilgan boshqa maʼlumotlar.

Mahallalarda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish tartibi

ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriladigan shaxslar va obyektlarni aniqlash;

ma’lumotlar va vazifalarni "mahalla yettiligi" a’zolari o‘rtasida taqsimlash;

ijtimoiy moslashtirish dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish;

faoliyatni muvofiqlashtirish, monitoring qilish va uslubiy yordam ko‘rsatish.

 

Ma’lumotlar va vazifalarni «mahalla yettiligi» a’zolari o‘rtasida taqsimlash

Profilaktika inspektori tomonidan tayyorlangan xulosa asosida quyidagilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish uchun axborot tizimi orqali tegishliligi boʻyicha ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlarga yuboriladi:

hokim yordamchisiga — band boʻlmagan yoki doimiy daromad manbaiga ega boʻlmagan ishsiz shaxslar;

profilaktika inspektoriga:

— spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki inson aql-irodasiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarga qaram boʻlib qolgan shaxslar;

— qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarga ruju qoʻygan shaxslar;

— gʻayriijtimoiy xulq-atvorli shaxslar;

— jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan va profilaktik hisobda turgan shaxslar;

yoshlar yetakchisiga:

— ishsiz yoshlar va maktab bitiruvchilari;

— davlat koʻmagiga muhtoj “ogʻir” toifadagi yoshlar;

— huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi boʻlgan yoshlar;

— spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki inson aql-irodasiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarga qaram boʻlib qolgan yoshlar;

xotin-qizlar faoliga:

— ajrim yoqasiga kelib qolgan va nizoli oilalar;

— yordamga muhtoj boʻlgan va ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar;

— muntazam tazyiq va zoʻravonlikka uchrab kelayotgan xotin-qizlar;

— jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan va profilaktik hisobda turgan xotin-qizlar;

ijtimoiy xodimga:

— ogʻir ahvolga tushib qolgan va ogʻir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori boʻlgan shaxslar;

— parvarishga muhtoj yolgʻiz keksalar;

— nogironligi boʻlgan va ogʻir kasallikka chalingan shaxslar;

soliq inspektoriga tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan shaxslar.

Ijtimoiy moslashtirish dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash

Profilaktika inspektori axborot tizimi orqali yuborgan ijtimoiy profilaktika obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar uch ish kuni ichida o‘rganib chiqadi.

Ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiradi yoki amalga oshirishni rad etish to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi.

Bunda:

ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar uch ish kuni ichida axborot tizimi orqali oʻzining ijtimoiy moslashtirish dasturini ishlab chiqadi;

rad etish toʻgʻrisida xulosa tayyorlangan taqdirda, taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarda aniqlangan kamchiliklar koʻrsatilib, ularni bartaraf etish hamda takroran yuborish uchun axborot tizimi orqali profilaktika inspektoriga qaytaradi.

Ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish

Ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar ijtimoiy moslashtirish dasturi asosida quyidagilarni amalga oshiradi:

Ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

1. Hokim yordamchisi

band boʻlmagan yoki doimiy daromad manbaiga ega boʻlmagan ishsiz shaxslarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish hamda ularning bandligini taʼminlash choralarini koʻradi.

2. Profilaktika inspektori

spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki inson aql-irodasiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarga qaram boʻlib qolgan shaxslarning turmush tarzi, xulq-atvori va oilaviy sharoitini oʻrganadi, ular bilan yakka tartibda profilaktik suhbatlar oʻtkazadi, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar bilan birgalikda kasbiy layoqatidan kelib chiqib, kasb-hunar oʻrganishga jalb qilish, sogʻlom hayotga qaytarish, ijtimoiy-huquqiy, psixologik va boshqa yordamlar koʻrsatish, shuningdek, ushbu salbiy odatga ruju qoʻyishning omillarini bartaraf etish maqsadida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va kompleks psixologik-tibbiy reabilitatsiya qilish choralarini koʻradi;

qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarga ruju qoʻygan shaxslarning turmush tarzi, xulq-atvori va oilaviy sharoitini oʻrganadi, ular bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazadi, ushbu oʻyinlarning salbiy oqibatlarini va javobgarlikni tushuntiradi, uning omillarini bartaraf etishga koʻmaklashadi;

gʻayriijtimoiy xulq-atvorli shaxslarning turmush tarzi, xulq-atvori va gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarining sabablarini oʻrganadi, ular bilan yakka tartibda profilaktik suhbatlar oʻtkazadi, ularni sogʻlom hayotga qaytarish hamda bunday salbiy xatti-harakatlarni bartaraf etish choralarini koʻradi;

jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan va profilaktik hisobda turgan shaxslarning turmush tarzi, xulq-atvori, oilaviy sharoiti va kasbiy layoqatini oʻrganadi, hokim yordamchisi tomonidan ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish hamda bandligini taʼminlash boʻyicha zarur choralar koʻrilishida yordam beradi;

qarovsiz va nazoratsiz qolgan voyaga yetmaganlarning turmush tarzi, xulq-atvori va oilaviy sharoitini oʻrganadi, vasiy yoki homiysi boʻlmagan voyaga yetmaganlarga vasiy va homiy biriktirish, yoshlar yetakchisi bilan birgalikda ularning qiziqishidan kelib chiqib, fan, kasb-hunar va sport toʻgaraklariga jalb qiladi, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish choralarini koʻradi.

3. Yoshlar yetakchisi

ishsiz yoshlar va maktab bitiruvchilarining bandligiga koʻmaklashadi, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini oʻrganadi hamda ularga koʻrsatiladigan yordam turlaridan samarali foydalanishni tashkil etadi;

davlat koʻmagiga muhtoj “ogʻir” toifadagi yoshlarning hayotda oʻz oʻrnini topishlariga koʻmaklashadi hamda profilaktika inspektori bilan birgalikda huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi boʻlgan voyaga yetmaganlar bilan tizimli ishlaydi, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish choralarini koʻradi;

spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki inson aql-irodasiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarga qaram boʻlib qolgan yoshlarning turmush tarzi, xulq-atvori va oilaviy sharoitini oʻrganadi, ular bilan yakka tartibda suhbatlar oʻtkazadi, kasbiy layoqatidan kelib chiqib, kasb-hunar oʻrganishga jalb qilish, sogʻlom hayotga qaytarish hamda ushbu salbiy odatga ruju qoʻyish omillarini bartaraf etishga koʻmaklashadi;

qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarga ruju qoʻygan yoshlarning turmush tarzi, xulq-atvori va oilaviy sharoitini oʻrganadi, ular bilan yakka tartibda suhbatlar oʻtkazadi, ularni sogʻlom hayotga qaytarishga hamda ushbu salbiy odatga ruju qoʻyishning omillarini bartaraf etishga koʻmaklashadi.

4. Xotin-qizlar faoli

ajrim yoqasiga kelib qolgan va nizoli oilalar bilan yakka tartibda suhbatlar oʻtkazadi, nizolarning sabablarini aniqlaydi, ularni bartaraf etish maqsadida mahalla raisi bilan hamkorlikda “Sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat” tamoyillarini tushuntiradi, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatishni ijtimoiy xodim bilan birgalikda tashkil etadi;

yordamga muhtoj boʻlgan va ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar bilan yakka tartibda suhbatlar oʻtkazib, turmush tarzi, xulq-atvori, oilaviy sharoiti hamda kasbiy layoqatini oʻrganadi, ularni tadbirkorlik, kasanachilik va hunarmandchilikka jalb qilish, zarur hollarda ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatish choralarini koʻradi;

muntazam tazyiq va zoʻravonlikka uchrab kelayotgan xotin-qizlarning xonadoniga borib, turmush tarzi, xulq-atvori va oilaviy sharoitini oʻrganadi, aniqlangan muammolarini bartaraf etish choralarini koʻradi.

5. Ijtimoiy xodim

ogʻir ahvolga tushib qolgan va ogʻir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori boʻlgan shaxslarning turmush tarzi va oilaviy sharoitini oʻrganadi, ularning ehtiyojlariga qarab, kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy xizmat koʻrsatishni va yordam berilishini tashkil etish choralarini koʻradi;

nogironligi boʻlgan va ogʻir kasallikka chalingan shaxslar, shuningdek, parvarishga muhtoj yolgʻiz keksalarni qonunchilikda belgilangan tartibda chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini tashkil etadi hamda ularga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatilishini taʼminlaydi.

6. Soliq inspektori

soliq inspektori tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan shaxslarga soliq xizmatlarini koʻrsatadi.

Faoliyatni muvofiqlashtirish, monitoring qilish va uslubiy yordam ko‘rsatish

Profilaktika inspektorining ijtimoiy profilaktika obyektlarini aniqlash va ularga doir maʼlumotlarni ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlarga oʻz vaqtida taqdim etish, shuningdek, uning oʻzi tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy moslashtirish dasturida belgilangan tadbirlarning bajarilish holati tuman (shahar) huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi tomonidan kunlik monitoring qilib boriladi.

Mahalla raisi ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilib, har hafta mahallada ularning ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish borasidagi faoliyatini muhokama qilib boradi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari:

ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari bilan birgalikda "Mahalla posboni" jamoatchilik tuzilmasi a’zolari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
tegishli hududda jamoat tartibini ta’minlashda, shu jumladan fuqarolarning kelishi va ketishi hisobga olinishini tashkil etishda, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda ularning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ishlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashadi.

Qiyosiy tahlil

Daniyada yuqori profilaktika Kengashi mavjud bo‘lib, unga 46 ta tashkilot, shu jumladan kasaba uyushmalari, yoshlar va madaniy uyushmalar va tadqiqot markazlari vakillari kiradi.
Qo‘shma Shtatlarda milliy Kengash doirasida tashkil yetilgan profilaktika xizmati butun mamlakat bo‘ylab yuzdan ortiq davlat va davlat muassasalari va fuqarolarning munitsipal tuzilmalarini birlashtirdi. "Jinoyatchilikning oldini olish" politsiya dasturlari mavjud, ularning asosiy mazmuni politsiya, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining o‘zaro ta’siri.
Sweden flag icon - Country flags
Shvetsiya politsiyasi alkogol ta’sirida hibsga olingan transport vositalarining haydovchilari bilan ishlashga alohida ye’tibor beradi (qayta tayyorlash dasturlari va jamoat xizmatlaridan foydalangan holda). Jinoyatchilikning oldini olish faoliyatini tashkil yetishda moddiy rag‘batlantirish tizimi keng qo‘llaniladi.
Fransiyada shunga o‘xshash funksiyalarni mamlakat Bosh vaziri boshchiligidagi shaharlar Milliy Kengashi bajaradi. Bundan tashqari, 700 dan ortiq shahar jinoyatlarning oldini olish Kengashlari mavjud.

Qirg‘izistonda:

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqni muhofaza qilish organlari bilan o‘zaro hamkorligi muvofiqlashtiruvchi yig‘ilish orqali amalga oshiriladi.

Muvofiqlashtiruvchi yig‘ilish — bu huquqni muhofaza qilish organlarining (prokuratura, ichki ishlar idoralari, bojxona xizmati, moliyaviy xizmat va boshqalar) yig‘ilishi.) qonun ustuvorligini mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurash samaradorligini oshirish va fuqarolarning huquq va yerkinliklarini himoya qilish bo‘yicha tadbirlarni muvofiqlashtirish uchun tashkil yetilgan. Muvofiqlashtirish yig‘ilishi o‘z ishiga mahalliy davlat ma’muriyatlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarini jalb qilishi mumkin.

Qirg‘izistonda muvofiqlashtiruvchi yig‘ilish turli darajalarda tashkil yetilishi mumkin:

milliy darajasi — Bosh vazir chaqiradi va boshqaradi.

tuman darajasi — Tuman ma’muriyati rahbari boshqaradi.

shahar darajasi — Shahar meri boshqaradi va favqulodda yig‘ilish shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan chaqiriladi.